O'rganish
공부하기아무리 배가 고파도 지금은 못 먹어요
Qancha och bo'lsam ham, hozir yeya olmayman
Suhbat
Tushlikka qovurilgan guruch tayyorlab yeymizmi?
Kechirasiz, birga yeya olmayman. Yozish uy vazifasini hali qila olmadim.
Uy vazifasi ko'p bo'lsa ham, avval ovqatlanib olish kerak-da.
Qancha och bo'lsam ham, hozir yeya olmayman. Uy vazifasini bugungacha tugatishim kerak.
{-아/어도} oldingi vaziyatdan ko'ra keyingi vaziyat muhimroq bo'lganda ishlatiladi.
{-아/어도} 앞의 상황보다 뒤의 상황이 더 우선일 때 사용한다.
- 숙제가 많아도 밥은 먹고 해야지요.
Uy vazifasi ko'p bo'lsa ham, avval ovqatlanib olish kerak-da.
- 읽기 싫어도 한번 읽어 보세요.
O'qigingiz kelmasa ham, bir marta o'qib ko'ring.
Ta'kidlash uchun {아무리 -아/어도} yoki {-아/어도 -아/어도} kabi ifodalanadi.
강조할 때는 {아무리 -아/어도}나, {-아/어도 -아/어도}처럼 표현한다.
- 아무리 힘들어도 가족을 생각하면 참을 수 있어요.
Qanchalik qiyin bo'lmasin, oilamni o'ylasam chiday olaman.
- 아무리 집안일을 해도 끝이 없어요.
Uy ishlarini qancha qilsam ham, oxiri yo'q.
- 집안일은 해도 해도 끝이 없어요.
Uy ishlarini qancha qilsang ham, oxiri yo'q.
- 이 햄버거는 먹어도 먹어도 또 먹고 싶어요.
Bu gamburgerni qancha yesam ham, yana yegim keladi.
Ot bilan {N이어도} yoki {N(이)라도} shaklida yoziladi.
명사는 {N이어도}나 {N(이)라도}로 쓴다.
- 우리 도서관은 다른 학교 학생이어도 이용할 수 있습니다.
Bizning kutubxonadan boshqa maktab o'quvchisi bo'lsangiz ham foydalanishingiz mumkin.
- 술을 한 잔이라도 마셨으면 운전하지 마세요.
Bir piyola bo'lsa ham spirtli ichimlik ichgan bo'lsangiz, mashina haydamang.
O'xshash ibora sifatida {-더라도} bor.
비슷한 표현으로 {-더라도}가 있다.
- 아무리 귀찮아도 하루에 세 번 이 약을 먹어야 합니다.
Qanchalik erinchoqlik kelmasin, bu dorini kuniga uch marta ichish kerak.
- 아무리 귀찮더라도 하루에 세 번 이 약을 먹어야 합니다.
Qanchalik erinchoqlik kelmasin, bu dorini kuniga uch marta ichish kerak.
Tuslanishi
A-아/어도
많아도, 적어도
V-아/어도
알아도, 먹어도
Qo'shimcha misollar
Silva, bu kitobni o'qiganmisan?
Ha. Lekin men o'qisam ham, nima haqida ekanini yaxshi tushunmadim.
Minsu, ertaga soat 5 gacha uyga kela olasanmi?
Bilmadim. Eng tezi bilan ham 5 yarimdan oshib ketsa kerak.
Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.