55

O'rganish

공부하기

여의도에서 벚꽃 축제를 할 텐데 같이 갈까요?

Yoidoda gilos guli festivali bo'lsa kerak, birga boramizmi?

Suhbat

에릭
리나 씨, 주말에 특별한 계획 있어요?

Rina, dam olish kunlari biror maxsus rejangiz bormi?

리나
없어요. 텔레비전이나 보려고 해요.

Yo'q. Televizor ko'rmoqchiman, xolos.

에릭
여의도에서 벚꽃 축제를 할 텐데 같이 갈까요? 제가 운전할게요.

Yoidoda gilos guli festivali bo'lsa kerak, birga boramizmi? Men haydab boraman.

리나
주말이라서 길이 많이 막힐 텐데 그냥 전철을 타고 가요.

Dam olish kuni bo'lgani uchun yo'llar tirband bo'lsa kerak, shunchaki metroda boraylik.

에릭
제 차로 가요. 아침 일찍 가면 괜찮을 거예요.

Mening mashinamda boraylik. Ertalab erta yo'lga chiqsak yaxshi bo'ladi.

1

Oldingi qism kuchli taxmin bo'lib, keyin aytiladigan gapning asosi bo'ladi.

앞의 내용은 강한 추측이며 뒤의 말하는 내용의 근거이다.

  • 주말이라서 길이 많이 막힐 텐데 그냥 전철을 타고 가요.

    Dam olish kuni bo'lgani uchun yo'llar tirband bo'lsa kerak, shunchaki metroda boraylik.

  • 평일 오전에 백화점에 가면 사람이 없을 텐데 그때 갈까요?

    Ish kunining ertalabida do'konga borsak, odam kam bo'lsa kerak, o'shanda boramizmi?

2

O'tgan zamon (-았/었을 텐데) shaklida ishlatiladi.

과거는 (-았/었을 텐데)로 사용한다.

  • 지금 가면 은행 문은 닫았을 텐데 내일 가면 안 될까요?

    Hozir borsak, bank yopilgan bo'lsa kerak, ertaga borsak bo'lmaydimi?

3

(-으면 -았/었을 텐데) shaklida afsuslanishni bildirishda ishlatiladi.

(-으면 -았/었을 텐데)의 형태로 후회를 말할 때 사용한다.

  • 좀 더 아껴 썼으면 돈을 모았을 텐데 모은 돈이 별로 없네요.

    Biroz tejabroq sarflaganimda pul yig'gan bo'lardim, lekin yiqqan pulim deyarli yo'q.

4

Gap oxirida {-(으)ㄹ 텐데요} shaklida ham ishlatilishi mumkin.

문장 끝에 {-(으)ㄹ 텐데요}로 사용할 수도 있다.

  • 아직도 집에 안 갔어요? 아이들이 많이 기다릴 텐데요.

    Hali uyga bormadingizmi? Bolalaringiz juda kutib o'tirgan bo'lsa kerak.

Tuslanishi

A-(으)ㄹ 텐데

많을 텐데, 비쌀 텐데

V-(으)ㄹ 텐데

먹을 텐데, 마실 텐데

Qo'shimcha misollar

반둥
오늘 저녁에 베트남 친구들을 만나요. 같이 갈래요?

Bugun kechqurun vetnamlik do'stlar bilan uchrashaman. Birga borasizmi?

쏨퐁
글쎄요. 제가 아는 친구들이 별로 없을 텐데 가도 될까요?

Bilmadim. U yerda men taniydigan do'stlar kam bo'lsa kerak, borsam bo'ladimi?

뚜엔
늦었는데 엘리베이터 타고 갈까?

Kechikdik, liftda boramizmi?

실바
지금 가면 사람이 많을 텐데 그냥 계단으로 가자. 2층이잖아.

Hozir borsak, odam ko'p bo'lsa kerak, shunchaki zinadan boraylik. Ikkinchi qavat-ku.

소영
오후에는 날씨가 추울 텐데 외투를 입지 그래요?

Tushdan keyin ob-havo sovuq bo'lsa kerak, palto kiysangiz-chi?

현준
추워요? 그럼 외투를 입고 나가야겠어요.

Sovuqmi? Unda palto kiyib chiqishim kerak ekan.

현준
에릭 씨, 퇴근 시간이 됐어요. 에어컨 껐는지 확인해 줄래요?

Erik, ishdan ketish vaqti bo'ldi. Konditsioner o'chirilganini tekshirib berasizmi?

에릭
방금 전에 리나 씨가 껐을 텐데요. 그래도 한 번 더 확인하겠습니다.

Hozirgina Rina o'chirgan bo'lsa kerak. Baribir yana bir marta tekshiraman.

Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.