55

O'rganish

공부하기

늦잠을 자는 탓에 자주 지각을 했어요

Uyqudan kech turgani sababli tez-tez kechikardim

Suhbat

에릭
내 친구는 늦잠 자는 탓에 자주 지각을 했고 자주 버릇처럼 지각하는 탓에 회사에서 잘렸어요. 게다가 혼자 사니까 날마다 제대로 못 먹는 탓에 건강도 잃을 뿐가 봐 걱정이에요.

Do'stim uyqudan kech turgani sababli tez-tez kechikardi va odat tusiga kirib tez-tez kechikkani sababli ishdan bo'shatildi. Bundan tashqari, yolg'iz yashagani uchun har kuni tuzukroq ovqatlana olmagani sababli sog'lig'ini ham yo'qotib qo'yishidan xavotirdaman.

현준
친구가 습관을 바꾸는 게 중요해요. 습관을 바꾸면 인생이 달라질 수 있어요.

Do'stingiz odatlarini o'zgartirishi muhim. Odatlarni o'zgartirsa, hayot o'zgarishi mumkin.

1

Salbiy natija yuzaga kelishining sababini aytishda ishlatiladigan ibora.

부정적인 결과가 생긴 이유를 말할 때 쓰는 표현이다.

  • 날마다 제대로 못 먹는 탓에 건강도 잃을 뿐가 봐 걱정이에요.

    Har kuni tuzukroq ovqatlana olmagani sababli, sog'lig'ini ham yo'qotib qo'yishidan xavotirdaman.

  • 월급이 적은 탓에 생활이 어렵습니다.

    Maosh kam bo'lgani sababli hayot qiyin.

2

[-(으)ㄴ 탓이다] shaklida ishlatish mumkin.

[-(으)ㄴ 탓이다]로 쓸 수 있다.

  • 살이 많이 찐 것은 운동을 안 한 탓이다.

    Ko'p semirib ketganimning sababi sport bilan shug'ullanmaganimdir.

  • 운동을 안 한 탓에 살이 많이 쪘다.

    Sport bilan shug'ullanmaganim sababli ko'p semirib ketdim.

3

Ijobiy natija yuzaga kelishining sababi esa [-(으)ㄴ/는 덕분에] bilan ifodalanadi.

긍정적인 결과가 생긴 이유는 [-(으)ㄴ/는 덕분에]로 표현한다.

  • 한국어를 열심히 공부한 덕분에 합격했습니다.

    Koreys tilini tirishib o'rganganim sharofati bilan imtihondan o'tdim.

  • 보너스를 많이 받은 덕분에 부모님께 용돈을 보내드렸습니다.

    Katta bonus olganim sharofati bilan ota-onamga cho'ntak puli yubordim.

Tuslanishi

A-(으)ㄴ 탓에

많은 탓에, 나쁜 탓에

V-는 탓에

먹는 탓에, 지는 탓에

Qo'shimcha misollar

요코
취취 씨, 얼굴이 안 좋네요.

Chuichui, rangingiz yaxshi emas.

취취
이사 문제로 걱정이 많은 탓에 그런 것 같아요.

Ko'chish masalasi bilan tashvishim ko'p bo'lgani sababli shunday bo'lsa kerak.

소영
한약이 너무 쓴 탓에 먹기가 싫어요.

Giyohli dori juda achchiq bo'lgani sababli uni ichgim kelmaydi.

현준
몸에 좋은 약이 입에 쓰잖아요.

Tanaga foydali dori og'izga achchiq bo'ladi-ku.

에릭
어제 뉴스 봤어요? 관광버스 사고 탓에 많은 사람이 다쳤대요.

Kecha yangiliklarni ko'rdingizmi? Sayyohlik avtobusi avariyasi sababli ko'p odam jarohatlanibdi.

리나
네, 졸음운전을 한 탓에 사고가 났어요.

Ha, uyqusirab haydagani sababli avariya sodir bo'libdi.

뚜엔
지난 일요일에 한국어능력시험(TOPIK)을 잘 봤어?

O'tgan yakshanba koreys tili malakasi imtihonini (TOPIK) yaxshi topshirdingmi?

실바
아니, 긴장한 탓에 시험을 너무 못 봤어.

Yo'q, hayajonlanganim sababli imtihonni juda yomon topshirdim.

Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.