55

O'rganish

공부하기

혼자 있을 때는 책을 읽곤 해요

Yolg'iz qolganimda, kitob o'qib turaman

Suhbat

에릭
벌써 금요일이네요. 리나 씨는 주말에 뭐 하세요?

Allaqachon juma bo'libdi. Rina, dam olish kunlari nima qilasiz?

리나
친구를 만나서 차를 마시곤 하는데 혼자 있을 때는 책을 읽곤 해요. 에릭 씨는요?

Do'stlarim bilan uchrashib choy ichib turaman, lekin yolg'iz qolganimda kitob o'qiyman. Siz-chi, Erik?

에릭
등산을 하거나 음악을 듣곤 해요.

Toqqa chiqaman yoki musiqa tinglab turaman.

1

Biror ishni tez-tez takrorlaydi, lekin o'sha harakatni ba'zan qiladi, ba'zan qilmaydi.

어떤 일을 자주 반복하지만 그 행동을 할 때도 있고 안 할 때도 있다.

  • 등산을 하거나 음악을 듣곤 해요.

    Toqqa chiqaman yoki musiqa tinglab turaman.

  • 예전에는 사람들이 손 편지를 많이 쓰곤 했어요.

    Ilgari odamlar ko'p qo'lda xat yozib turishardi.

2

Doimo sodir bo'ladigan yoki takrorlanmaydigan ishlar uchun ishlatib bo'lmaydi.

항상 일어나는 일, 반복되는 일이 아닌 경우에는 사용할 수 없다.

  • 회사 업무는 매일 10시에 시작하곤 해요. (X)

    Kompaniyadagi ish har kuni soat 10 da boshlanib turadi. (X)

  • 회사 업무는 매일 10시에 시작해요. (O)

    Kompaniyadagi ish har kuni soat 10 da boshlanadi. (O)

  • 저는 고등학교를 3년 동안 다니곤 했어요. (X)

    Men o'rta maktabda uch yil davomida o'qib turardim. (X)

  • 저는 고등학교를 3년 동안 다녔어요. (O)

    Men o'rta maktabda uch yil o'qidim. (O)

3

O'xshash iboralar sifatida {-아/어 대다}, {-아/어 버릇하다} bor. {-아/어 대다} yomon ishni doimiy takrorlab, yomon natija yuzaga kelganda ishlatiladigan ibora. {-아/어 버릇하다} odat tusiga kirib doimiy takrorlanib, yaxshi yoki yomon natija yuzaga kelganda ishlatiladigan ibora.

비슷한 표현으로 {-아/어 대다}, {-아/어 버릇하다}가 있다. {-아/어 대다}는 좋지 않은 일을 계속 반복해서 나쁜 결과가 생길 때 쓰는 표현이다. {-아/어 버릇하다}는 버릇처럼 계속 반복해서 좋은 결과나 나쁜 결과가 생길 때 쓰는 표현이다.

  • 담배를 피워 대면 건강에 안 좋습니다.

    Doimo chekaversangiz, sog'liqqa yomon.

  • 술을 마셔 대면 건강이 나빠집니다.

    Doimo ichkilik ichaversangiz, sog'lig'ingiz yomonlashadi.

  • 큰 소리로 읽어 버릇하면 발음이 좋아져요.

    Baland ovozda o'qishni odat qilsangiz, talaffuzingiz yaxshilanadi.

  • 거짓말을 해 버릇해서 친구들이 싫어해요.

    Yolg'on gapirishni odat qilgani uchun do'stlari uni yoqtirmaydi.

Tuslanishi

V-곤 하다

먹곤 하다, 보곤 하다

Qo'shimcha misollar

취취
주말에는 요리하기가 귀찮아요.

Dam olish kunlari ovqat pishirish erinchoqlik qiladi.

요코
저도요. 그래서 주말에는 라면을 끓여 먹곤 해요.

Men ham. Shuning uchun dam olish kunlari ramyon pishirib yeb turaman.

뚜엔
예전에는 음악을 들으면서 공부를 하곤 했는데 지금은 두 가지가 안 돼.

Ilgari musiqa tinglab o'qib turardim, lekin hozir ikkalasini birga uddalay olmayman.

실바
나도 공부할 때는 한가지만 해야 되더라고.

Men ham, o'qiyotganimda faqat bitta ishni qilishim kerak ekan.

현준
민지가 오빠하고 자주 싸우곤 했는데 요즘은 잘 지내는 것 같아요.

Minji akasi bilan tez-tez urishib turardi, lekin shu kunlarda yaxshi chiqishayotganga o'xshaydi.

소영
애들이 좀 크더니 안 싸우는 것 같아요.

Bolalar biroz katta bo'lib, endi urishmaydiganga o'xshaydi.

Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.