O'rganish
공부하기동네가 너무 시끄럽길래 이사하게 되었어요
Mahalla juda shovqinli bo'lgani uchun ko'chib o'tdim
Suhbat
Rina, keyingi hafta ko'chasizmi?
Ha, mahalla juda shovqinli bo'lgani uchun ko'chib o'tadigan bo'ldim.
Shundaymi. Shovqinli bo'lsa, yashash qiyin bo'ladi.
Metroga faqat bir marta o'tirsa bo'lgani uchun darrov shartnoma tuzdim.
Keyin keladigan mazmunning sababini aytishda ishlatiladigan ibora.
뒤에 이어지는 내용의 이유를 말할 때 쓰는 표현이다.
- 지하철도 한 번만 타면 되길래 바로 계약했어요.
Metroga faqat bir marta o'tirsa bo'lgani uchun darrov shartnoma tuzdim.
- 입에 맞는 음식이 많길래 많이 먹었어요.
Mazamga to'g'ri keladigan taom ko'p bo'lgani uchun ko'p yedim.
Taklif va buyruq gaplarda [-길래] ishlatilmaydi, uning o'rniga [-(으)니까] ishlatiladi.
청유문과 명령문에서는 [-길래]는 쓸 수 없고 [-(으)니까]로 쓴다.
- 지금 비가 오길래 나갈 때 우산을 가져가세요. (X)
Hozir yomg'ir yog'ayotgani uchun chiqayotganda soyabon oling. (X)
- 지금 비가 오니까 나갈 때 우산을 가져가세요. (O)
Hozir yomg'ir yog'ayotgani uchun chiqayotganda soyabon oling. (O)
[-길래] asosan og'zaki nutqda, [-기에] esa asosan yozma nutqda ishlatiladi.
[-길래]는 주로 말할 때 사용하고, [-기에]는 주로 글을 쓸 때 사용한다.
- 날씨가 좋길래 산책을 하고 있었어요.
Ob-havo yaxshi bo'lgani uchun sayr qilib yurgan edim.
- 날씨가 좋기에 산책을 하고 있었습니다.
Ob-havo yaxshi bo'lgani uchun sayr qilib yurgan edim.
Tuslanishi
A-길래
작길래, 크길래
V-길래
먹길래, 오길래
Qo'shimcha misollar
Kechqurun do'stingiz bilan konsertga borarmishsiz?
Konsertga bironta ham chipta qolmagani uchun borolmaydigan bo'ldim.
Chuychuy japchaeni mazza qilib yegani uchun tayyorlab keldim.
Rahmat. Mazza qilib yeyman.
Darsga kirmay qayoqqa ketyapsan?
Auditoriyaga borsam, bugun dars bekor qilingan ekan, shuning uchun do'stim bilan kino ko'rgani ketyapman.
Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.