55

O'rganish

공부하기

여자친구를 사귀더니 더 멋있어진 것 같아요

Qiz do'st orttirganidan keyin yanada kelishganga o'xshaydi

Suhbat

리나
과장님! 에릭 씨가 요즘 계속 소개를 받더니 애인이 생겼어요.

Boshliq! Erik keyingi paytlarda tinmay tanishuvlarga borib, sevgilisi paydo bo'libdi.

현준
그러게요. 여자친구를 사귀더니 더 멋있어진 것 같아요.

Ha-ya. Qiz do'st orttirganidan keyin yanada kelishganga o'xshaydi.

리나
맞아요. 그런데 연애를 하면서 일은 열심히 안 하네요.

To'g'ri. Lekin sevgi-muhabbat bilan band bo'lib, ishni tirishib qilmayapti.

현준
하하. 연애하면 다 그래요.

Ha-ha. Oshiq bo'lganda hamma shunday bo'ladi.

1

Narsa yoki odamni kuzatib yoki tajriba qilib bilib olingan o'zgarishni aytishda ishlatiladi.

사물이나 사람을 관찰하거나 경험해서 알게 된 변화를 말할 때 사용한다.

  • 에릭 씨가 요즘 계속 소개를 받더니 애인이 생겼어요.

    Erik keyingi paytlarda tinmay tanishuvlarga borib, sevgilisi paydo bo'libdi.

  • 어릴 때부터 예쁘더니 모델이 되었군요.

    Kichikligidan chiroyli edi, model bo'libdi-ya.

2

O'tmishdagi tajriba orqali bilingan holat yoki haqiqat hozirgi vaziyatga zid bo'lganda ham ishlatiladi.

과거 경험으로 알게 된 상태나 사실이 현재와 대조적일 때도 쓴다.

  • 아까 낮에는 무척 덥더니 저녁이 되니까 시원해졌어요.

    Avval kunduzi juda issiq edi, kech bo'lishi bilan salqin bo'lib qoldi.

  • 요코가 전에는 잘 웃더니 요즈음에는 잘 안 웃어요.

    Yoko avval ko'p kular edi, keyingi paytlarda kam kuladigan bo'lib qoldi.

3

Birinchi shaxs (나, 우리) ega bo'la olmaydi. Ikkinchi shaxs (너) va uchinchi shaxs (boshqa odam) ega bo'ladi.

1인칭(나, 우리) 주어는 쓸 수 없다. 2인칭(너)과 3인칭(다른 사람)이 주어가 된다.

  • 나는 다이어트를 하더니 날씬해졌어요. (X)

    Men parhez qilib, ozib qoldim. (X)

  • 너는 다이어트를 하더니 날씬해졌네. (O)

    Sen parhez qilib, ozib qolibsan-ku. (O)

  • 뚜엔이 다이어트를 하더니 날씬해졌네요. (O)

    Tuen parhez qilib, ozib qolibdi-ya. (O)

4

{-더니} ning oldingi va keyingi gapining egasi bir xil bo'lishi kerak.

{-더니}의 앞과 뒤의 주어가 같아야 한다.

  • 뚜엔이 김치를 안 먹더니 나는 아주 잘 먹어요. (X)

    Tuen kimchi yemas edi, men juda yaxshi yeyman. (X)

5

{-더니} ning oldingi va keyingi mazmunining mavzusi bir xil bo'lishi kerak.

{-더니}의 앞의 내용과 뒤의 내용의 주제가 같아야 한다.

  • 뚜엔이 김치를 안 먹더니 시험에 합격했어요. (X)

    Tuen kimchi yemay, imtihondan o'tdi. (X)

Tuslanishi

A-더니

많더니, 크더니

V-더니

먹더니, 가더니

Qo'shimcha misollar

민수
아빠, 엄마가 방에 들어가시더니 안 나오시네요.

Dada, oyim xonaga kirib, chiqmayaptilar.

현준
엄마가 열이 나더니 많이 아픈 것 같아.

Oyingning isitmasi chiqib, yaxshigina kasal bo'lganga o'xshaydi.

리나
에릭 씨, 과장님 어디 가셨어요?

Erik, boshliq qayoqqa ketdilar?

에릭
전화를 받으시더니 급하게 공장에 가신 것 같아요.

Telefonga javob berib, shoshilib zavodga ketganga o'xshaydilar.

Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.