55

O'rganish

공부하기

회를 먹는 김에 매운탕도 먹어요

Sashimi yeyayotgan ekanmiz, achchiq baliq sho'rvasini ham yeylik

Suhbat

소영
여보, 오늘 바닷가에 가는 김에 횟집에 가서 회도 먹어요.

Azizim, bugun dengiz bo'yiga borayotgan ekanmiz, sashimi restoraniga borib sashimi ham yeylik.

현준
좋아요. 사실 회가 먹고 싶었어요. 회를 먹는 김에 매운탕도 먹읍시다.

Yaxshi. Aslida sashimi yegim kelayotgan edi. Sashimi yeyayotgan ekanmiz, achchiq baliq sho'rvasini ham yeylik.

소영
오, 저도 그 말을 하려던 참이었어요.

Voy, men ham xuddi shuni aytmoqchi edim.

1

Oldingi harakatni bajarayotganda rejada bo'lmagan, ammo bog'liq ishni qo'shib qilishda ishlatiladi.

앞의 행동을 할 때 예정에 없었지만 관계있는 일을 할 때 사용한다.

  • 바닷가에 가는 김에 횟집에 가서 회도 먹어요.

    Dengiz bo'yiga borayotgan ekanmiz, sashimi restoraniga borib sashimi ham yeylik.

  • 손을 씻는 김에 발도 좀 씻어라.

    Qo'lingni yuvayotgan ekansan, oyog'ingni ham yuvib ol.

2

Oldingi harakat bajarilayotgan yoki hali bajarilmagan bo'lsa [-는 김에], oldingi harakat tugagan bo'lsa [-(으)ㄴ 김에] ishlatiladi. [-(으)ㄹ 김에] ishlatilmaydi.

앞의 행동을 하고 있거나 아직 하지 않았으면 [-는 김에]를 말하고 앞의 행동이 끝났으면 [-(으)ㄴ 김에]로 말한다. [-(으)ㄹ 김에] 쓰지 않는다.

  • 친구를 만나러 가는 김에 미용실에서 파마를 해요.

    Do'stim bilan uchrashgani borayotgan ekanman, sartaroshxonada chach o'rab olaman.

  • 친구를 만나러 가는 김에 미용실에서 파마를 할 거예요.

    Do'stim bilan uchrashgani borayotgan ekanman, sartaroshxonada chach o'rataman.

  • 친구를 만나러 간 김에 미용실에서 파마를 해요.

    Do'stim bilan uchrashgani borgan ekanman, sartaroshxonada chach o'rab olaman.

  • 친구를 만나러 갈 김에 미용실에서 파마를 해요. (X)

    Do'stim bilan uchrashgani boradigan ekanman, sartaroshxonada chach o'rab olaman. (X)

3

[-는 김에] '[-는 도중에] (biror ish davomida)' degan ma'noni bildiradi. Harakat fe'llari (가다, 오다, 들어가다, 올라가다, 나가다, 출근하다 va h.k.) bilan birga ishlatiladi.

[-는 김에]는 [-는 도중에]의 뜻이다. 이동동사(가다, 오다, 들어가다, 올라가다, 나가다, 출근하다 등)와 함께 쓰인다.

  • 시장에 가는 김에(도중에) 도서관에 갔어요.

    Bozorga borayotganimda yo'l-yo'lakay kutubxonaga kirdim.

  • 퇴근하는 김에(도중에) 과일을 좀 샀어요.

    Ishdan qaytayotganimda yo'l-yo'lakay biroz meva sotib oldim.

Tuslanishi

V-는 김에

찾는 김에, 가는 김에

Qo'shimcha misollar

반둥
쏨퐁 씨가 사 주는 점심이라서 오늘은 더 맛있네요.

Sompong mehmon qilayotgan tushlik bo'lgani uchun bugun yanada mazali ekan.

쏨퐁
별말씀을요. 점심 사는 김에 커피도 살게요.

Arzimaydi. Tushlik olayotgan ekanman, qahva ham olib beraman.

취취
먹을 걸 많이 샀네요. 손님이 와요?

Ko'p yeguliklar sotib olibsiz. Mehmon keladimi?

요코
아니요. 마트에 간 김에 그냥 여러 가지 샀어요.

Yo'q. Do'konga borgan ekanman, shunchaki turli narsalarni sotib oldim.

뚜엔
만두도 시킬까?

Manti ham buyurtma qilaylikmi?

실바
그래, 먹는 김에 만두도 먹자.

Mayli, yeyayotgan ekanmiz, manti ham yeylik.

Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.