55

O'rganish

공부하기

알람 소리를 못 듣는 바람에 늦잠을 잤어요

Budilnik ovozini eshitmaganim sababli uxlab qoldim

Suhbat

에릭
어제는 정말 운이 없는 하루였어요.

Kecha rostdan ham omadsiz kun bo'ldi.

리나
무슨 일이 있었는데요?

Nima bo'ldi?

에릭
알람 소리를 못 듣는 바람에 늦잠을 자고 지갑을 놓고 오는 바람에 집에 갔다 왔어요. 결국 지각했잖아요. 게다가 커피를 마시는데 재채기가 나오는 바람에 커피가 코로 나왔거든요.

Budilnik ovozini eshitmaganim sababli uxlab qoldim, hamyonimni qoldirib chiqib ketganim sababli uyga qaytib bordim. Oxiri kechikdim-da. Ustiga-ustak qahva ichayotganimda aksa kelgani sababli qahva burnimdan chiqib ketdi.

1

Oldingi qism sabab, keyingi qism esa asosan salbiy natijani ifodalaydi.

앞의 내용은 원인이고 뒤의 내용은 주로 부정적인 결과를 표현한다.

  • 커피를 마시는데 재채기가 나오는 바람에 커피가 코로 나왔어요.

    Qahva ichayotganimda aksa kelgani sababli qahva burnimdan chiqib ketdi.

  • 아기가 활짝 웃는 바람에 기분이 좋아졌어요. (X)

    Chaqaloq quvonib kulgani sababli kayfiyatim yaxshilandi. (X)

  • 공부를 열심히 하는 바람에 시험을 잘 봤어요. (X)

    Tirishib o'qiganim sababli imtihonni yaxshi topshirdim. (X)

2

Oldingi qism sababni tushuntirgani uchun unda o'tgan zamon ishlatilmaydi.

앞 내용은 원인 설명이기 때문에 앞에는 과거로 말하지 않는다.

  • 커피를 마시는데 재채기가 나온 바람에 커피가 코로 나왔어요. (X)

    Qahva ichayotganimda aksa kelgani sababli qahva burnimdan chiqib ketdi. (X)

  • 커피를 마시는데 재채기가 나왔는 바람에 커피가 코로 나왔어요. (X)

    Qahva ichayotganimda aksa kelgani sababli qahva burnimdan chiqib ketdi. (X)

3

Keyin keladigan natija o'tgan zamonda aytiladi. Kelasi zamon shakli ishlatilmaydi.

뒤에 이어지는 결과는 과거로 말한다. 미래 표현은 사용하지 않는다.

  • 갑자기 소나기가 쏟아지는 바람에 옷이 젖었습니다. (O)

    To'satdan jala quygani sababli kiyimlarim ho'l bo'ldi. (O)

  • 갑자기 소나기가 쏟아지는 바람에 옷이 젖을 거예요. (X)

    To'satdan jala quygani sababli kiyimlarim ho'l bo'ladi. (X)

4

[-는 바람에] dan keyin buyruq yoki taklif shakli kela olmaydi.

[-는 바람에] 뒤에 명령형이나 청유형이 올 수 없다.

  • 고향에서 부모님이 오시는 바람에 한국어교실에 가세요. (X)

    Vatanimdan ota-onam kelgani sababli koreys tili darsiga boring. (X)

  • 고향에서 부모님이 오시는 바람에 한국어교실에 갑시다. (X)

    Vatanimdan ota-onam kelgani sababli koreys tili darsiga boraylik. (X)

Tuslanishi

V-는 바람에

먹는 바람에, 오는 바람에

Qo'shimcha misollar

뚜엔
옷하고 가방을 사는 바람에 생활비가 모자라서 걱정이야.

Kiyim va sumka sotib olganim sababli kun kechirish puli yetmay qoldi, xavotirdaman.

실바
나도 노트북을 바꾸는 바람에 돈을 다 썼어.

Men ham noutbukni almashtirganim sababli pulimni hammasini sarfladim.

현준
우리 회사가 수출이 많아져서 요즘 갑자기 바쁘네요.

Bizning kompaniyamizning eksporti ko'paygani uchun keyingi paytlarda to'satdan band bo'lib qoldik.

에릭
일이 많이 생기는 바람에 공장 사람들도 힘들어해요.

Ish ko'payib ketgani sababli zavod ishchilari ham qiynalmoqda.

Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.