O'rganish
공부하기어려움이 많을수록 더욱 사랑하게 되지요
Qiyinchilik qancha ko'p bo'lsa, shuncha ko'proq sevib qoladilar
Suhbat
Koreys dramalarida boy yigit bilan kambag'al qizning sevgi hikoyalari ko'p. Avval bir-birini yoqtirmaydi, lekin vaqt o'tgan sari bir-birini sevib qoladi, keyin yigitning ota-onasi qarshi chiqib, ikkalasi qiynaladigan voqea.
Qiyinchilik qancha ko'p bo'lsa, shuncha ko'proq sevib qoladi-da. Va baxtli yakunlanadi.
Oldingi vaziyat davom etib, keyingi vaziyatning darajasi kuchayishini ifodalaydi.
앞의 상황이 계속되어 뒤의 상황의 정도가 심해지는 것을 표현한다.
- 시간이 지날수록 서로 더 좋아하게 됐어요.
Vaqt o'tgan sari bir-birini ko'proq yoqtirib qolishdi.
- 한국 친구가 많을수록 한국 생활이 재미있어질 거예요.
Koreys do'stlaringiz qancha ko'p bo'lsa, Koreyadagi hayot shuncha qiziqarli bo'ladi.
Ko'pincha [-(으)면 -(으)ㄹ수록] shaklida ishlatiladi.
[-(으)면 -(으)ㄹ수록]의 표현으로 자주 사용한다.
- 그 신발은 신으면 신을수록 더 편해지는 것 같아요.
U poyabzalni qancha ko'p kiysam, shuncha qulayroq bo'layotganga o'xshaydi.
- 자면 잘수록 더 잠이 오네요.
Qancha ko'p uxlasam, shuncha ko'proq uyqum kelyapti.
Ot oldida uni izohlovchi ibora bo'lsa, ma'no aniqroq bo'ladi.
명사 앞에는 설명해 주는 표현이 있으면 더 의미가 정확하다.
- 친구일수록 서로 예의를 지켜야 해요.
Do'st bo'lgan sari bir-biringizga nisbatan odob saqlashingiz kerak.
- 좋은 친구일수록 서로 예의를 지켜야 해요.
Yaxshi do'st bo'lgan sari bir-biringizga nisbatan odob saqlashingiz kerak.
'갈수록' iborasi 'tobora ko'proq' ma'nosida ishlatiladi.
'갈수록'의 표현은 '더욱 더'의 의미로 쓰인다.
- 한국어 공부가 갈수록 (더욱 더) 어려워지는 것 같아요.
Koreys tilini o'rganish tobora qiyinlashayotganga o'xshaydi.
- 날이 갈수록 (더욱 더) 고향의 식구들이 보고 싶어요.
Kun o'tgan sari vatandagi oilamni tobora ko'proq sog'inyapman.
Tuslanishi
A-(으)ㄹ수록
많을수록, 비쌀수록
V-(으)ㄹ수록
먹을수록, 마실수록
Qo'shimcha misollar
Bandung, hali ham kimchini yaxshi yeyolmaysizmi?
Endi yaxshi yeyman. Avval achchiq edi, lekin qancha ko'p yesam, shuncha mazali.
Oyi, kompyuter o'yinini bir ozgina ko'proq o'ynasam bo'lmaydimi?
Bo'lmaydi. O'yinni qancha ko'p o'ynasang, shuncha ko'proq o'ynagging keladi.
Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.