O'rganish
공부하기한국 사람들과 편하게 대화할 정도로 해
Koreyaliklar bilan bemalol suhbatlasha oladigan darajada gapiraman
Suhbat
Tuen, endi koreyschani qay darajada gapirasan?
Koreyaliklar bilan bemalol suhbatlasha oladigan darajada gapiraman.
Voy, zo'r-ku. Men hali u darajada emasman. Unda TOPIK darajang nechanchi?
Hali imtihon topshirmaganman, lekin 6-darajani oladigan darajada yaxshi bilishni istayman.
Keyingi harakat yoki holat oldingi mazmun bilan o'xshash ekanini tushuntiradi.
뒤의 행동이나 상태가 앞의 내용과 비슷하다는 설명이다.
- 토픽 시험에서 6급을 받을 정도로 한국어를 잘하고 싶어.
TOPIK imtihonida 6-darajani oladigan darajada koreyschani yaxshi bilishni istayman.
- 사람이 날아갈 정도로 바람이 세게 불었어요.
Odamni uchirib yuboradigan darajada shamol kuchli esdi.
- 머리가 아플 정도로 시끄러운 소리가 나요.
Boshni og'ritadigan darajada shovqin chiqyapti.
[-(으)ㄹ 정도이다] shaklida gap oxirida ham ishlatish mumkin.
[-(으)ㄹ 정도이다]로 문장의 끝에 쓸 수도 있다.
- 앞이 안 보일 정도로 비가 많이 와요.
Oldini ko'rib bo'lmaydigan darajada yomg'ir ko'p yog'yapti.
- 비가 많이 와서 앞이 안 보일 정도예요.
Yomg'ir ko'p yog'gani uchun oldini ko'rib bo'lmaydigan darajada.
O'xshash ibora sifatida [-(으)ㄹ 만큼] bor.
비슷한 표현으로 [-(으)ㄹ 만큼]이 있다.
- 앞이 안 보일 만큼 비가 많이 와요.
Oldini ko'rib bo'lmaydigan darajada yomg'ir ko'p yog'yapti.
- 눈물이 날 만큼 김치가 매워요.
Ko'zdan yosh chiqadigan darajada kimchi achchiq.
Tuslanishi
A-(으)ㄹ 정도로
작을 정도로, 아플 정도로
V-(으)ㄹ 정도로
읽을 정도로, 만날 정도로
Qo'shimcha misollar
Silva, kimchini rostdan ham yaxshi yeysan-a. Men hali achchiq bo'lgani uchun yeyish qiyin.
Men kimchini har kuni yeydigan darajada yaxshi ko'raman.
Yoko, yuzingiz shu qadar chiroyli bo'libdiki, tanib bo'lmaydigan darajada.
Maqtov eshitganimda, osmonda uchadigan darajada kayfiyatim yaxshi bo'lyapti.
Rina, koreyaliklar ham hayron qoladigan darajada ishni yaxshi qilasiz.
Yaxshi qilarmidim. Doim harakat qilyapman.
Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.