O'rganish
공부하기시험에 떨어질까 봐 열심히 공부하고 있어
Imtihondan yiqilib qolishimdan qo'rqib, qattiq o'qiyapman
Suhbat
Silva, kechgacha o'qib o'tiribsan-a.
Imtihondan yiqilib qolishimdan qo'rqib, qattiq o'qiyapman.
Men imtihonga kechikib qolishimdan xavotirdaman. Axir imtihon ertalab soat 8 da boshlanadi-ku.
Buni xavotir olishing shart emas. Men ertalab telefon qilib seni uyg'otaman.
Salbiy ish yuz berishidan xavotirlanish yoki o'sha ish yuz bermasligi uchun keyingi ishni qilishni bildiradi.
부정적인 일이 생기는 것을 걱정하거나 그 일이 생기지 않도록 뒤의 일을 한다.
- 나는 시험 시간에 늦을까 봐 걱정이야.
Men imtihonga kechikib qolishimdan xavotirdaman.
- 건강에 안 좋을까 봐 술과 담배를 안 해요.
Sog'liqqa yomon bo'lishidan qo'rqib, ichkilik ham, sigaret ham chekmayman.
- 늦잠을 자서 기차를 놓칠까 봐 택시를 탔어요.
Uxlab qolganim uchun poyezdga kechikib qolishimdan qo'rqib, taksiga o'tirdim.
[-(으)ㄹ까 봐서] shaklida almashtirib ishlatish mumkin.
[-(으)ㄹ까 봐서]로 바꿔 쓸 수 있다.
- 외국에서 생활을 하면 음식이 안 맞을까 봐 걱정이에요.
Chet elda yashasam, ovqat menga to'g'ri kelmasligidan xavotirdaman.
- 외국에서 생활을 하면 음식이 안 맞을까 봐서 걱정이에요.
Chet elda yashasam, ovqat menga to'g'ri kelmasligidan xavotirdaman.
Tuslanishi
A-(으)ㄹ까 봐
작을까 봐, 비쌀까 봐
V-(으)ㄹ까 봐
늦을까 봐, 틀릴까 봐
Qo'shimcha misollar
Yoqtiradigan tovuq go'shtingiz-ku, nega ozgina yeyapsiz?
Parhez tutyapman-da. Ko'p yeb qo'yishimdan qo'rqib o'zimni tutyapman.
Yomg'ir ham yog'mayapti-ku, nega soyabon olib kelding?
Yomg'irgarchilik mavsumi-ku. Yomg'ir yog'ib qolishidan qo'rqib, doim olib yuraman.
Nimaga qarab turibsiz?
Faks noto'g'ri jo'nab ketishidan qo'rqib, qarab turibman.
Aka, bu safar qattiq o'qiyapsan-a.
O'tgan imtihondagidek ko'p xato qilib qo'yishimdan qo'rqib, qattiq harakat qilyapman.
Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.