55

O'rganish

공부하기

구경도 할 겸 너도 한번 가 봐

Tomosha ham qilgani borib kel-da

Suhbat

실바
이번 주말에는 뭐 할 거야?

Bu dam olish kuni nima qilasan?

뚜엔
친구랑 약속이 있어서 '다문화 거리'에 가려고 해. '다문화 거리'에는 음식도 많이 있고 여러 나라 음식재료도 살 수 있거든. 구경도 할 겸 너도 한번 가 봐.

Do'stim bilan uchrashuvim bor, shuning uchun 'Ko'pmadaniyatli ko'cha'ga bormoqchiman. U yerda ovqat ham ko'p, turli mamlakatlarning ovqat masalliqlarini ham sotib olsa bo'ladi. Sen ham tomosha qilgani borib kel-da.

실바
그래? 고향음식도 먹을 겸 향신료도 살 겸 가 봐야겠다.

Shundaymi? Unda vatan taomidan ham yegani, ziravorlardan ham olgani borishim kerak ekan.

1

Harakatning maqsadi ikki yoki undan ortiq bo'lganda ishlatiladigan ibora.

행동의 목적이 두 가지 이상 있을 때 쓰는 표현이다.

  • 고향음식도 먹을 겸 향신료도 살 겸 가 봐야겠다.

    Vatan taomidan ham yegani, ziravorlardan ham olgani borishim kerak ekan.

  • 산업기술도 배우고 돈도 벌 겸 한국에 왔습니다.

    Sanoat texnologiyasini ham o'rgangani, pul ham topgani Koreyaga keldim.

2

(-(으)ㄹ 겸 해서) yoki (-(으)ㄹ 겸 -(으)ㄹ 겸) shaklida ishlatish mumkin.

(-(으)ㄹ 겸 해서) 또는 (-(으)ㄹ 겸 -(으)ㄹ 겸)으로 쓸 수 있다.

  • 산책도 할 겸 사진도 찍을 겸해서 남산에 갔어요.

    Sayr ham qilgani, suratga ham olgani Namsanga bordim.

  • 산책도 할 겸 사진도 찍을 겸 남산에 갔어요.

    Sayr ham qilgani, suratga ham olgani Namsanga bordim.

3

Ot bilan (- 겸 -) shaklida ifodalanadi.

명사는 (- 겸 -)으로 말한다.

  • 저는 이것을 책상 겸 식탁으로 사용하고 있습니다.

    Men buni ham yozuv stoli, ham ovqat stoli sifatida ishlatyapman.

  • 저 사람은 가수 겸 배우예요.

    U odam ham qo'shiqchi, ham aktyor.

Tuslanishi

V-(으)ㄹ 겸

먹을 겸, 마실 겸

N 겸

학생 겸, 친구 겸

Qo'shimcha misollar

반둥
쏨퐁 씨, 주말에 산책할 겸 남산에 갈래요?

Sompong, dam olish kuni sayr ham qilgani Namsanga boramizmi?

쏨퐁
좋아요. 사진도 찍을 겸 같이 가요.

Yaxshi. Suratga ham olgani birga boraylik.

소영
여보, 오늘 어버이날 선물도 살 겸 제 옷도 볼 겸 백화점에 가려고 해요.

Hayotim, bugun Ota-onalar kuni sovg'asini ham olgani, o'zimga kiyim ham ko'rgani savdo markaziga bormoqchiman.

현준
그래요? 내 여름옷도 좀 보고 오세요.

Shundaymi? Unda menga ham yozgi kiyim ko'rib keling.

뚜엔
실바, 시험 준비는 잘 돼? 나는 잠이 와서 잠깐 나왔는데.

Silva, imtihonga tayyorgarlik yaxshi ketyaptimi? Men uyqum kelib, bir ozga chiqib turibman.

실바
나도 졸려서 바람 좀 쐴 겸해서 밖으로 나왔어.

Men ham uyqum kelib, bir oz havodan nafas olgani tashqariga chiqdim.

에릭
리나 씨, 배고프지 않아요?

Rina, qorningiz ochmadimi?

리나
저는 11시쯤에 아침 겸 점심으로 샌드위치를 먹었어요.

Men soat 11 larda nonushta ham, tushlik ham qilib sendvich yeb oldim.

Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.