55

O'rganish

공부하기

내가 먹던 사과 어떻게 했어요?

Men yeb turgan olmani nima qildingiz?

Suhbat

현준
여보, 내가 먹던 사과 어떻게 했어요?

Hayotim, men yeb turgan olmani nima qildingiz?

소영
사과요? 남은 거 냉장고에 넣었어요.

Olmami? Qolganini muzlatgichga solib qo'ydim.

현준
아직 다 안 먹었는데.

Hali yeb bo'lmagandim-ku.

현준
그럼 마시던 커피는 어떻게 했어요?

Unda men ichib turgan kofeni nima qildingiz?

소영
아, 어떡해요! 커피도 다 마신 줄 같아서 치웠어요.

Voy, endi nima qilamiz! Kofeni ham ichib bo'libsiz deb o'ylab, olib qo'yganman.

1

O'tgan zamondagi ish yoki holatning tugamaganini bildiradi.

과거의 일이나 상태가 끝나지 않았다는 것을 의미한다.

  • 마시던 커피는 어떻게 했어요?

    Men ichib turgan kofeni nima qildingiz?

  • 친구가 매일 읽던 책을 저에게 줬습니다.

    Do'stim har kuni o'qib yurgan kitobini menga berdi.

2

Ot oldida ishlatilib, o'tgan zamondagi ish yoki holatni qayta eslashda qo'llanadi.

명사 앞에서 사용하며 과거의 일이나 상태를 다시 떠올릴 때 사용한다.

  • 정말 힘들던 한국 생활이 이제 재미있어졌습니다.

    Bir paytlar judayam og'ir bo'lgan Koreyadagi hayot endi qiziqarli bo'lib qoldi.

  • 매일 공부하던 시절에는 한국말을 잘했는데 지금은 쉽지 않네요.

    Har kuni o'qib yurgan paytlarimda koreyschani yaxshi bilardim, hozir esa oson emas.

3

(-)던 tugamagan o'tmish ishini, (-)은 esa hozirgi vaziyatda tugagan ishni ifodalaydi.

(-)던은 끝나지 않은 과거의 일을, (-)은은 현재 상황에서 끝난 일을 표현한다.

  • 어제 먹던 치킨이 어디에 뒀어요? 지금 먹으려고 하는데요.

    Kecha yeb turgan tovuq qayerda? Hozir yemoqchi edim.

  • 어제 먹은 치킨이 너무 맛있어서 또 시켜서 먹을 거예요.

    Kecha yegan tovug'im juda mazali bo'lgani uchun yana buyurtirib yeyman.

4

'자주', '가끔', '항상' kabilar bilan o'tmish odatini bildirishda (-았/었던) bilan farqi yo'q.

'자주', '가끔', '항상' 등을 사용해 과거 습관을 나타낼 때는 (-았/었던)과 차이가 없다.

  • 내가 어릴 때 자주 읽던 동화책이다.

    Bu men kichkinaligimda tez-tez o'qib yurgan ertak kitobim.

  • 내가 어릴 때 자주 읽었던 동화책이다.

    Bu men kichkinaligimda tez-tez o'qigan ertak kitobim.

Tuslanishi

A-던

많던, 크던

V-던

읽던, 보던

Qo'shimcha misollar

뚜엔
실바, 아까 보던 책 어디에서 샀어?

Silva, ozgina oldin o'qib turgan kitobingni qayerdan olding?

실바
친구가 공부하던 한국어 문법책인데 나한테 준 거야.

Bu do'stim o'rganib yurgan koreyscha grammatika kitobi, menga bergan.

소영
여보, 제가 듣던 라디오를 왜 껐어요?

Hayotim, men eshitib turgan radioni nega o'chirdingiz?

현준
자는 것 같아서 껐어요. 다시 켤까요?

Uxlayapsiz deb o'ylab o'chirgan edim. Yana yoqaymi?

요코
어릴 때 살던 고향에 갔다 왔는데 많이 변한 것 같았어요.

Kichkinaligimda yashagan vatanimga borib keldim, ancha o'zgarganga o'xshaydi.

취취
저도 작년까지 살던 동네에 갔는데 많이 변했더라고요.

Men ham o'tgan yilgacha yashagan mahallamga bordim, ancha o'zgarib ketibdi.

Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.