O'rganish
공부하기시장에 갔는데 싸게 팔더라고요
Bozorga borsam, arzon sotayotgan ekan
Suhbat
Yoko, oyoq kiyim oldingizmi?
Ha. Bugun bozorga borsam, arzon sotayotgan ekan. Shuning uchun oldim.
Sizga juda yarashibdi.
Kiyib ko'rsam, yengil va qulay ekan.
Bu oyoq kiyim shu kunlarda modada shekilli. Ko'p odam kiyib yurgan ekan.
Yangidan bilib olgan narsani eslab, boshqaga yetkazuvchi ibora.
새롭게 알게 된 것을 생각하면서 전달해 주는 표현이다.
- 오늘 시장에 갔는데 싸게 팔더라고요.
Bugun bozorga borsam, arzon sotayotgan ekan.
- 한국어 능력 시험을 봤는데 정말 어렵더라고요.
Koreys tili imtihonini topshirsam, juda qiyin ekan.
Aytilayotgan mazmun so'zlovchining o'zi haqida bo'lmasligi kerak. Lekin his-tuyg'uni ifodalashda ishlatilishi mumkin.
말하는 내용이 말하는 사람의 이야기이면 안 된다. 하지만 감정 표현은 된다.
- 나는 어제 늦게까지 공부했더라고요. (X)
Men kecha kechgacha o'qidim. (X)
- (내가) 어제 선물을 받아서 기분이 좋더라고요. (O)
(Men) kecha sovg'a olib, kayfiyatim yaxshi bo'ldi. (O)
Ot bilan [N(이)더라고요] shaklida ifodalanadi.
명사는 [N(이)더라고요]로 표현한다.
- 한국어능력시험이 토요일이 아니고 일요일이더라고요.
Koreys tili imtihoni shanba kuni emas, yakshanba kuni ekan.
- 그 남자가 의사가 아니고 남자간호사더라고요.
U erkak shifokor emas, erkak hamshira ekan.
O'tgan zamon [-았/었더라고요] bilan, tajribaga asoslanib taxmin qilingan narsa esa [-겠더라고요] bilan ifodalanadi.
과거는 [-았/었더라고요]로, 경험을 바탕으로 추측하게 된 것은 [-겠더라고요]로 쓴다.
- 한국드라마를 추천했는데 벌써 많이 봤더라고요.
Koreys dramasini tavsiya qilsam, allaqachon ancha ko'rib qo'ygan ekan.
- 간장떡볶이는 맵지 않아서 아이가 잘 먹겠더라고요.
Soya sousli tteokbokki achchiq emas, shuning uchun bola yaxshi yeydiganga o'xshadi.
Tuslanishi
A-더라고요
많더라고요, 크더라고요
V-더라고요
읽더라고요, 자더라고요
Qo'shimcha misollar
Yoko, bu safargi imtihondan nega yiqildingiz?
Bu safargi imtihonda grammatika savollari juda qiyin ekan.
Bu filmni ko'rganmisiz? Kecha do'stlarim bilan ko'rsam, rostdan ham qiziq ekan.
Rostdanmi? Men ham ko'rmoqchi edim. Shu hafta oxiri albatta ko'raman.
Kecha kinoteatrga kech qolmadingizmi?
Taksida bordim, lekin allaqachon boshlanib bo'lgan ekan. Shuning uchun ko'ra olmadim.
Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.