55

O'rganish

공부하기

맛있어서 다 먹어 버렸어

Mazali ekan, hammasini yeb qo'ydim

Suhbat

민지
오빠, 내 과자 못 봤어?

Aka, mening pechenyemni ko'rmadingmi?

민수
미안. 하나만 먹으려다가 맛있어서 다 먹어 버렸어.

Kechir. Bittagina yemoqchi edim, mazali ekan, hammasini yeb qo'ydim.

민지
그럼 냉장고 안에 둔 바나나 우유는?

Unda muzlatkichga qo'ygan banan sutim-chi?

민수
우유도 내가 다 마셔 버렸어. 미안해. 다음 달에 용돈 받으면 사 줄게. 이번 달 용돈은 다 써 버렸거든.

Sutni ham hammasini ichib qo'ydim. Kechir. Kelasi oy cho'ntak pulim kelsa, sotib olib beraman. Bu oygi cho'ntak pulimni esa hammasini sarflab qo'ygandim.

1

[-아/어 버렸다] shaklida biror harakatning 'butunlay tugadi', 'hech narsa qolmadi' degan ma'nosini bildiradi.

[-아/어 버렸다]의 형태로 어떤 동작이 '다 끝났다', '남은 것이 없다'는 뜻이다.

  • 하나만 먹으려다가 맛있어서 다 먹어 버렸어요.

    Bittagina yemoqchi edim, mazali ekan, hammasini yeb qo'ydim.

  • 조금 있는 밀가루로 부침개를 만들어 버렸어요.

    Ozgina qolgan unni ishlatib, quymoq qilib qo'ydim.

2

So'zlovchining yuki yengillashib, 'ko'ngli yengil tortdi' degan ma'noni bildiradi.

말하는 사람의 부담이 줄어서 '속이 시원하다'는 뜻이다.

  • 주말에 해야 할 일을 다 해 버렸어요. 그래서 걱정이 없어요.

    Dam olish kunlari qilishim kerak bo'lgan ishlarni bajarib qo'ydim. Shuning uchun tashvishim yo'q.

  • 내가 싫어하는 사람이 멀리 가 버렸어요. 그래서 기분이 좋아요.

    Yoqtirmaydigan odamim uzoqqa ketib qoldi. Shuning uchun kayfiyatim yaxshi.

3

So'zlovchi 'afsus' tuyg'usini ifodalaganda ishlatiladi.

말하는 사람이 '아쉽다'는 마음을 표현할 때 쓴다.

  • 냉장고에 넣어 둔 오이가 모두 얼어 버렸어요. 먹을 수 없어서 아까워요.

    Muzlatkichga qo'ygan bodringlarning hammasi muzlab qoldi. Yeb bo'lmaydi, afsus.

  • 내가 좋아하는 사람이 멀리 가 버렸어요. 그래서 속상해요.

    Yoqtiradigan odamim uzoqqa ketib qoldi. Shuning uchun xafaman.

4

Bu iborada so'zlovchining ichki kayfiyatini anglash muhim.

이 표현은 말하는 사람의 속마음을 알아내는 것이 중요하다.

  • 그 사람이 통화 도중에 먼저 전화를 끊어 버렸어요. 화가 난 것 같아요.

    U odam telefonda gaplashayotganimizda birinchi bo'lib telefonni o'chirib qo'ydi. Jahli chiqqanga o'xshaydi.

  • 그 사람이 통화 도중에 먼저 전화를 끊어 버렸어요. 예의가 없는 사람이에요.

    U odam telefonda gaplashayotganimizda birinchi bo'lib telefonni o'chirib qo'ydi. Odobsiz odam ekan.

Tuslanishi

A

V-아/어 버리다, 찾아 버리다, 먹어 버리다

Qo'shimcha misollar

민수
엄마, 책상 위에 있던 작은 로봇들을 어떻게 했어요?

Oyi, stol ustidagi kichkina robotlarni nima qildingiz?

소영
너무 지저분해서 상자에 모두 다 넣어 버렸는데.

Juda tartibsiz edi, shuning uchun hammasini quticha ichiga solib qo'ydim.

반둥
노트북을 살지 말지 고민하더니 어떻게 했어요?

Noutbuk olish-olmaslikni o'ylab yurgandingiz, oxiri nima qildingiz?

쏨퐁
살까 말까 망설이다가 결국에는 사 버렸어요.

Olsammikin-olmasammikin deb ikkilanib yurib, oxiri sotib olib qo'ydim.

민수
날씨가 너무 더우니까 먹기도 전에 아이스크림이 다 녹았어.

Havo juda issiq, yeyishga ulgurmasimdanoq muzqaymoq erib ketdi.

민지
어떡해! 다 녹아 버려서 속상해.

Voy! Hammasi erib ketdi, xafaman.

Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.