O'rganish
공부하기일이 끝나자마자 공항에 가야 해요
Ish tugashi bilan aeroportga borishim kerak
Suhbat
Rina! Ovqat yeyishingiz bilan darrov ishlaysizmi?
Qiladigan ishim ko'p bo'lgani uchun.
Baribir biroz dam olib qiling.
Bugun ish tugashi bilan aeroportga borishim kerak. Vatandan do'stim kelyapti.
Oldingi ish tugashi bilan darhol keyingi ish sodir bo'ladi.
앞의 일이 끝나고 바로 뒤의 일이 일어난다.
- 밥을 먹자마자 바로 일을 해요?
Ovqat yeyishingiz bilan darrov ishlaysizmi?
- 창문을 열자마자 시원한 바람이 들어 왔어요.
Derazani ochishim bilan salqin shamol kirdi.
- 첫 월급을 타자마자 부모님께 드릴 선물을 샀어요.
Birinchi maoshimni olishim bilan ota-onamga sovg'a sotib oldim.
Oldingi ish tugagach kutilmagan ish sodir bo'lganda ishlatiladi.
앞의 일이 끝나고 예상하지 못한 일이 일어났을 때 사용한다.
- 기차에서 내리자마자 소나기가 내렸어요.
Poyezddan tushishim bilan jala quydi.
- 전화 연결이 되자마자 배터리가 나갔어요.
Telefon ulanishi bilan batareya o'chdi.
'Kutilganidan tezroq, boshqalardan tezroq keyingi ish sodir bo'ldi' degan ma'no bor.
'예상보다 빨리, 다른 사람보다 빨리 다음 일이 일어났다'는 의미가 있다.
- 졸업하자마자 취직을 했어요.
Bitirishim bilan ishga joylashdim.
- 결혼하자마자 아기를 가졌어요.
Turmush qurishimiz bilan farzandli bo'ldik.
{-자마자} ga o'xshash iboralar sifatida {-자} va {-기가 무섭게} bor.
{-자마자}와 비슷한 표현으로 {-자}, {-기가 무섭게}가 있다.
- 불이 나자 사람들이 밖으로 뛰어나왔다.
Yong'in chiqishi bilan odamlar tashqariga yugurib chiqishdi.
- 불이 나기가 무섭게 사람들이 밖으로 뛰어나왔다.
Yong'in chiqishi bilanoq odamlar tashqariga yugurib chiqishdi.
Tuslanishi
A
—
V-자마자
읽자마자, 가자마자
Qo'shimcha misollar
Kecha ish kech tugagani uchun juda charchadingiz-a?
Ha. Uyga borib ovqat yeyishim bilan darrov uxlab qoldim.
Soyong bilan qanday turmush qurib qoldingiz?
Birinchi uchrashuvda ko'rishimiz bilan yoqib qoldi. Shu sababli darrov uchrasha boshladik.
Tugatsangiz, bu grammatik shakl takrorlash to'plamiga qo'shiladi.